Sizga berilgan narsalar dunyo hayotining matohi, xolos. Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar esa, iymon keltirgan va Robbilariga tavakkal qilganlar uchundir.1
Footnotes
[1]
(Ushbu berilgan narsalar xoh molu dunyo bo`lsin, nima bo`lsa bo`lsin — hammasi bu dunyoning matohi, o`tkinchi hoy-havas, xolos. Ularning haqiqiy qadr mezonida hech bir og`irligi yo`q. Haqiqiy qadr-qiymatga, boqiylikka ega narsalar boshqa tomonda — oxiratda, Allohning huzuridadir. Allohning huzuridagi o`sha narsalar, bu dunyo matohi kabi, kim bo`lishidan qat'iy nazar hamma uchun emas.)