Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ash-Shuraa — Ayah 45

42:45
وَتَرَىٰهُمۡ يُعۡرَضُونَ عَلَيۡهَا خَٰشِعِينَ مِنَ ٱلذُّلِّ يَنظُرُونَ مِن طَرۡفٍ خَفِيّٖۗ وَقَالَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ ٱلۡخَٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ وَأَهۡلِيهِمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِۗ أَلَآ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ فِي عَذَابٖ مُّقِيمٖ ٤٥
Sen ularni u(do`zax)ga ko`ndalang qilinayotganlarida xoru zor va qo`rqqan hollarida ko`z qiri bilan nazar solayotganlarini ko`rursan. Iymon keltirganlar: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni o`zlariga va ahli ayollariga ziyon qilganlardir», derlar. Ogoh bo`lingkim, albatta, zolimlar doimiy azobdadirlar.1
Footnotes
  • [1] (Ha, kofir, zolim va osiylar do`zaxga to`g`ri qaray olmaydilar. Balki, faqat ko`z qirlari bilan nazar soladilar. Ularning bu dunyodagi gerdayishlaridan, shahdamliklaridan asar ham qolmaydi. Biror narsani gapira olmay qoladilar. Oxiratda erkin gapira oladiganlar mo`minlardir.)