Ana shunday qilib, Biz senga shaharlarning onasini va uning atrofini ogohlantirishing uchun, bo`lishida hech shubha yo`q jamlash kunidan ogohlantirishing uchun arabiy Qur'onni yubordik. Bir guruh jannatda, bir guruh do`zaxda.1
Footnotes
[1]
(Ilmiy izlanishlar ko`rsatdiki, Makkai Mukarrama yerning quruqlik qismining qoq markazi ekan. Bu haqiqatdan, oyati karimadagi «shaharlarning onasi va uning atrofini ogohlantirishing uchun» degani, butun Yer yuzini ogohlantirishing uchun, degani ekanligi ma'lum bo`ldi. Shu kashfiyotga asoslanib, dunyoning hamma nuqtasidan turib qiblani topib oladigan asbob yaratildi.)