Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Az-Zukhruf — Ayah 14

43:14
وَإِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا لَمُنقَلِبُونَ ١٤
Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz», degaysiz.1
Footnotes
  • [1] (Inson markabga minganda allaqanday bir ko`tarinkilik, g`urur va manmanlik paydo bo`lganini sezadi. Ana shunda unga markab minish imkonini bergan Zotni eslasa va shu oyatdagi duoni o`qisa, hamma narsa o`rniga tushadi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi: «Rasululloh alayhissalotu vassalom qachon safarga chiqib ulovga minsalar, uch marta «Alloh akbar», deb takbir aytar va quyidagilarni o`qir edilar: «Bizga buni bo`ysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz». Yo Alloh! Biz sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni, O`zing rozi bo`ladigan amallarni so`raymiz. Yo Alloh! O`zing bizga bu safarimizni oson qilgin. Uning uzog`ini yaqin qilgin. Yo Alloh! Sening O`zing safardagi sohibsan. Ahli ayoldagi xalifasan. Yo Alloh! Men sendan safar qiyinchiliklaridan, turli yomonliklardan, molu mulk va ahli ayolning yomonlikka yuz tutishidan panoh so`rayman».)