Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Az-Zukhruf — Ayah 57

43:57
۞ وَلَمَّا ضُرِبَ ٱبۡنُ مَرۡيَمَ مَثَلًا إِذَا قَوۡمُكَ مِنۡهُ يَصِدُّونَ ٥٧
Ibn Maryam misol keltirilgan chog`da sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar.1
Footnotes
  • [1] (Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom Anbiyo surasidagi «Albatta, sizlar va Allohdan o`zga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam o`tin-toshidirsiz. Sizlar unga kirguvchidirsiz» oyatini tilovat qilganlarida, Abdulloh ibn az-Zab'ariy at-Tamimiy ismli mushrik: «Bu biz va bizning olihalarimiz uchunmi yoki hamma ummatlar uchunmi?» deb so`ragan. Rasululloh alayhissalotu vassalom: «U siz uchun hamma ummatlar uchun», dedilar. U: «Shubhasiz, endi seni yengdim, Ka'baning Robbiga qasam! Nasorolar Masiyhga, Yahudiylar Uzayrga, Bani Fulon farishtalarga ibodat qilmaydilarmi?! Agar ana o`shalar ham jahannamga tushsalar, bizning va olihalarimizning jahannamda bo`lishiga rozimiz», dedi. Shunda Alloh taolo: «Albatta, bizdan ularga oldin go`zal so`z o`tganlar u (jahannam)dan uzoqlashtirilgandirlar», oyatini tushirdi. «Ibn Maryam misol keltirilgan choqda sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar» oyati bilan o`sha hodisani yodga solmoqda.)