Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Jathiyah — Ayah 21

45:21
أَمۡ حَسِبَ ٱلَّذِينَ ٱجۡتَرَحُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن نَّجۡعَلَهُمۡ كَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَوَآءٗ مَّحۡيَاهُمۡ وَمَمَاتُهُمۡۚ سَآءَ مَا يَحۡكُمُونَ ٢١
Nahotki, yomonliklarni qilganlar ularni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga o`xshash qilmog`imizni, hayotlari ham, mamotlari ham barobar bo`lishini gumon qilsalar?! Ularning qilgan hukmi naqadar ham yomon!1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyatda kofir va osiy kimsaning xayolidan o`tadigan gumon inkor qilinmoqda. Kofirlar, bizning mo`minlardan qayerimiz kam, deb o`ylashlari, gumon qilishlari mumkin. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham mo`minlar bilan barobarlikni da'vo etishlari mumkin. Bu da'vo mutlaqo noto`g`ridir. Alloh taolo hech qachon yomon ishlar qilgan kimsalarni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga o`xshatib qo`ymaydi. Ularning ikkovilarini bu hayotda ham, oxiratda ham barobar qilib qo`ymaydi. Barobar bo`lsa, adolat qolarmidi? Payg`ambar yuborish, kitob tushirish va dinni joriy qilishning keragi bo`larmidi?)