Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahqaf — Ayah 15

46:15
وَوَصَّيۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيۡهِ إِحۡسَٰنًاۖ حَمَلَتۡهُ أُمُّهُۥ كُرۡهٗا وَوَضَعَتۡهُ كُرۡهٗاۖ وَحَمۡلُهُۥ وَفِصَٰلُهُۥ ثَلَٰثُونَ شَهۡرًاۚ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَبَلَغَ أَرۡبَعِينَ سَنَةٗ قَالَ رَبِّ أَوۡزِعۡنِيٓ أَنۡ أَشۡكُرَ نِعۡمَتَكَ ٱلَّتِيٓ أَنۡعَمۡتَ عَلَيَّ وَعَلَىٰ وَٰلِدَيَّ وَأَنۡ أَعۡمَلَ صَٰلِحٗا تَرۡضَىٰهُ وَأَصۡلِحۡ لِي فِي ذُرِّيَّتِيٓۖ إِنِّي تُبۡتُ إِلَيۡكَ وَإِنِّي مِنَ ٱلۡمُسۡلِمِينَ ١٥
Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo`ldi va uni qiynalib tug`di. Va uning homilasi va ko`krakdan ajratishi o`ttiz oydir. Toki, u kamolga yetib, qirq yoshga kirganida: «Robbim, O`zing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr qilishimga va Sen rozi bo`lgan solih(ish)ni qilishimga ilhom bergin. Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman», dedi.1
Footnotes
  • [1] (Alloh taolo insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurmoqda. Bu insoniylik burchidir, boshqa hech qanday asos yo`q. Inson faqat insonligi uchun ota-onasini hurmat qilishi, e'zozlashi zarur. Lekin shu bilan birga, oyatning o`zida ota-onaga yaxshilik qilishning boislaridan ba'zisi aytib o`tilmoqda.)