Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahqaf — Ayah 35

46:35
فَٱصۡبِرۡ كَمَا صَبَرَ أُوْلُواْ ٱلۡعَزۡمِ مِنَ ٱلرُّسُلِ وَلَا تَسۡتَعۡجِل لَّهُمۡۚ كَأَنَّهُمۡ يَوۡمَ يَرَوۡنَ مَا يُوعَدُونَ لَمۡ يَلۡبَثُوٓاْ إِلَّا سَاعَةٗ مِّن نَّهَارِۭۚ بَلَٰغٞۚ فَهَلۡ يُهۡلَكُ إِلَّا ٱلۡقَوۡمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ ٣٥
Bas, azmu matonat sohibi bo`lgan Payg`ambarlar sabr qilgandek, sabr qil, ularga (azob yetishiga) shoshilma! Ular va'da qilingan narsani ko`rganlarida xuddi (bu dunyoda) kunduzdan bir lahzagina turganga o`xsharlar. Bu yetkazishdir! Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinur, xolos!1
Footnotes
  • [1] (Alloh taolo ushbu oyatda kofir, mushrik va dinsizlar doimo mo`min-musulmonlarga zulm qilib, ozor berib, tazyiq o`tkazib kelaganliklarini eslatmoqda. «Ulul azm», ya'ni sabr matonat sohibi bo`lgan payg`ambarlar — Nuh, Ibrohim, Muso, Iyso alayhissalomlardir (va Payg`ambarimiz ham ulardandir). Bu buyuk payg`ambarlarning har birlarining boshlariga iymon yo`lida, dinu diyonat yo`lida qanchadan-qancha kulfatlar yog`ilgan. Lekin ular sabr matonatda zarbulmasal bo`lganlar. Oyatda Qur'on, yetkazish, deb atalmoqda.)