Bas, bilgin: Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q, o`zingning, mo`minlarning va mo`minalarning gunohlari mag`firat qilinishini so`ra. Alloh sizlarning kezar joylaringizni ham, borar joylaringizni ham bilur.1
Footnotes
[1]
(Alloh taoloning «Bilgin» deb xitob qilishi aqida masalasida bilim zarurligiga ta'kiddir. Bu ishda ko`r-ko`rona taqlid foyda bermaydi. Demak, «Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q»ligiga aqida qilish bilim asosida bo`lishi juda ham yaxshi bo`lar ekan.)