Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Muhammad — Ayah 21

47:21
طَاعَةٞ وَقَوۡلٞ مَّعۡرُوفٞۚ فَإِذَا عَزَمَ ٱلۡأَمۡرُ فَلَوۡ صَدَقُواْ ٱللَّهَ لَكَانَ خَيۡرٗا لَّهُمۡ ٢١
Ularga toat va yaxshi so`z yaxshiroqdir, bas, ish jiddiylashganda, Allohga sodiq qolsalar, o`zlariga yaxshi bo`lur edi.1
Footnotes
  • [1] (Iymon saodatiga muyassar bo`lganlar doimo o`zlari iymon keltirgan Zotdan farmon bo`lishini orziqib kutadilar. Chunki ularning eng ulkan saodati farmoni ilohiyga amal qilib Allohga qurbat hosil qilishdir. Xuddi shu tuyg`u ularni «Va iymon keltirganlar, biron sura nozil qilinsa edi, deydilar», kabi mavqifiga sabab bo`lgan. O`sha orzu qilingan sura nozil qilinsa, nima bo`ladi? U vaqtda mo`min musulmonlar xursandlik ila unga amal qilishni boshlaydilar. O`zlarining iymonda sodiqliklarini isbot qiladilar. Ammo shunday paytda munofiqlarning haqiqiy basharalari namoyon bo`ladi, ularning riyo pardalari yirtiladi.)