Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Muhammad — Ayah 38

47:38
هَٰٓأَنتُمۡ هَٰٓؤُلَآءِ تُدۡعَوۡنَ لِتُنفِقُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَمِنكُم مَّن يَبۡخَلُۖ وَمَن يَبۡخَلۡ فَإِنَّمَا يَبۡخَلُ عَن نَّفۡسِهِۦۚ وَٱللَّهُ ٱلۡغَنِيُّ وَأَنتُمُ ٱلۡفُقَرَآءُۚ وَإِن تَتَوَلَّوۡاْ يَسۡتَبۡدِلۡ قَوۡمًا غَيۡرَكُمۡ ثُمَّ لَا يَكُونُوٓاْ أَمۡثَٰلَكُم ٣٨
Hoy, sizlar. Anavilar. Allohning yo`lida nafaqa qilishga chaqirilsangiz, bas, ba'zilaringiz baxillik qilursizlar. Va kim baxillik qilsa, albatta, o`ziga baxillik qilur. Va, holbuki, Alloh boy, sizlar kambag`alsizlar. Va agar siz yuz o`girib ketsangiz, sizdan boshqa qavmni o`rningizga keltirur, ular esa sizlarga o`xshagan bo`lmaslar.1
Footnotes
  • [1] (Alloh taolo inson tabiatini qanchalik daqiq bilishini ta'kidlamoqda. Saxiylik, Allohning yo`lida mol sarflashdek fazilatlar ko`p musulmonlarga xos bo`lib, ularning bu boradagi ishlari tarix sahifalarida boqiy qolgan. Shu bilan birga, ba'zi baxillar ham bo`lgan, bu ham voqealikdir. Qur'oni Karim ushbu oyatda shu baxillikni muolaja qilmoqda.)