Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Fath — Ayah 10

48:10
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُبَايِعُونَكَ إِنَّمَا يُبَايِعُونَ ٱللَّهَ يَدُ ٱللَّهِ فَوۡقَ أَيۡدِيهِمۡۚ فَمَن نَّكَثَ فَإِنَّمَا يَنكُثُ عَلَىٰ نَفۡسِهِۦۖ وَمَنۡ أَوۡفَىٰ بِمَا عَٰهَدَ عَلَيۡهُ ٱللَّهَ فَسَيُؤۡتِيهِ أَجۡرًا عَظِيمٗا ١٠
Albatta, senga bay'at qilayotganlar faqat Allohning O`ziga bay'at qilmoqdalar. Allohning qo`li ularning qo`llari ustidadir. Kim (bay'atni) buzsa, o`ziga qarshi buzadi, xolos va kim Allohga qilgan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur.1
Footnotes
  • [1] (Hudaybiya sulhidagi bay'at paytda Rasuli akram alayhissalom xurmo daraxti ostida o`tirgan bo`lganlari uchun ham bu kunni «shajara (daraxt) kuni» deb, bay'atni esa «daraxt ostidagi bay'at», deb atalgan. Sahobalardan Ma'qal ibn Yasar roziyallohu anhu: «Daraxt kuni» Payg`ambar alayhissalom odamlarning bay'atini qabul qilar edilar, men esa u kishining boshlarida bir shoxni ko`tarib turar edim, o`shanda bir ming to`rt yuz kishi edik», deganlar. Har bir sahobiy Payg`ambar alayhissalomning qo`llarini tutib turib, urush bo`lib qolsa qochib ketmaslik, din yo`lida jon fido qilishga ahdu paymon bergan. Ushbu holatni Qur'oni Karim Payg`ambar alayhissalomga qo`l berib, ahdu paymon qilishni Alloh taologa ahdu paymon qilish — bay'at qilishdan o`zga narsa emas, deb tushuntirmoqda.)