Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Fath — Ayah 11

48:11
سَيَقُولُ لَكَ ٱلۡمُخَلَّفُونَ مِنَ ٱلۡأَعۡرَابِ شَغَلَتۡنَآ أَمۡوَٰلُنَا وَأَهۡلُونَا فَٱسۡتَغۡفِرۡ لَنَاۚ يَقُولُونَ بِأَلۡسِنَتِهِم مَّا لَيۡسَ فِي قُلُوبِهِمۡۚ قُلۡ فَمَن يَمۡلِكُ لَكُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيۡـًٔا إِنۡ أَرَادَ بِكُمۡ ضَرًّا أَوۡ أَرَادَ بِكُمۡ نَفۡعَۢاۚ بَلۡ كَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرَۢا ١١
Ortda qolgan a'robiylar senga: «Molimiz va ahlimiz bizni mashg`ul qildi, bizga istig`for ayt», deyishar. Ular qalblarida yo`q narsani tillari ila ayturlar. Sen: «Agar Alloh sizga zararni iroda qilsa yoki sizga manfaatni iroda qilsa, kim sizlarni Allohdan (keladigan) biror narsadan (to`sishga) molik bo`ladir? Ta'kidki, Alloh qilgan amallaringizdan xabardordir», deb ayt.1
Footnotes
  • [1] (Ular aslida qo`rqanlari uchun «Quraysh yaqinda Muhammadni Madinada Uhud urushida mag`lub qildi, endi Muhammad ularning yurtiga borib nima qila olar edi», deya qo`shilmagan edilar. Ammo Alloh taoloning yordami bilan bu gal ish yaxshilik bilan tugab, musulmonlarga zafar yor bo`lib qaytganlarida, iymoni zaif xoinlar, Payg`ambar huzuriga kelib, uzr ayta boshladilar.)