Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Fath — Ayah 3

48:3
وَيَنصُرَكَ ٱللَّهُ نَصۡرًا عَزِيزًا ٣
Va Alloh senga izzatli nusrat berishi uchun.1
Footnotes
  • [1] («Izzatli» deganimiz — ustidan hech kim g`olib kela olmaydigan, degani. Ya'ni, Alloh Payg`ambarimiz alayhissalomga shunday izzatli yordam beradiki, undan hech kim va hech narsa g`olib kela olmaydi. Yuqoridagi oyatlarda zikr etilgan ulug` ilohiy marhamatlar: ravshan fath, avvalu oxir gunohlarning mag`firat qilinishi, Alloh ne'matlarining batamom qilib berilishi, siroti mustaqimga hidoyat qilinishi va izzatli nusrat berilishi — hamma-hammasi Hudaybiya sulhning ochiq-aniq fath bo`lishiga bog`lanmoqda. Nima sababdan shuncha narsa sulhga bog`lanyapti? Negaki Payg`ambarimiz alayhissalom sulhni Baytullohni ulug`laganliklaridan tuzdilar, natijada Alloh u zotni mazkur ish bilan mukofotladi.)