Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hujurat — Ayah 13

49:13
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّا خَلَقۡنَٰكُم مِّن ذَكَرٖ وَأُنثَىٰ وَجَعَلۡنَٰكُمۡ شُعُوبٗا وَقَبَآئِلَ لِتَعَارَفُوٓاْۚ إِنَّ أَكۡرَمَكُمۡ عِندَ ٱللَّهِ أَتۡقَىٰكُمۡۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٞ ١٣
Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o`zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo`ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyati karimada «Ey odamlar!» deb barcha insoniyatga qarata nido qilinmoqda, shu bilan birga ularning asli bir ekanligi eslatilmoqda. Demak, odamlarning asli bir — hammalari Odam Ato va Momo Havodan taralganlar. Ayni chog`da Alloh taolo ularni turli xalqlar va qabilalarga ajratib ham qo`yganini ta'kidlamoqda. Insonlarning turli xalq va qabilalarga bo`linishini sababi esa, o`zaro tanishish, ma'rifat hosil qilish ekanligi uqtirilmoqda.)