Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hujurat — Ayah 4

49:4
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُنَادُونَكَ مِن وَرَآءِ ٱلۡحُجُرَٰتِ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يَعۡقِلُونَ ٤
Albatta, seni hujralar ortidan chaqirayotganlarning ko`plari aql ishlatmaslar.1
Footnotes
  • [1] (Makkai Mukarrama fath qilingandan so`ng turli qabilalarning vakillari Rasulullohning huzurlariga kelib, Islomni qabul qilganlarini e'lon qila boshladilar. Ularning ko`plari sahroviy, ta'lim ko`rmagan, qo`pol arobiylar edilar. Shulardan biri Bani Tamim qabilasining boshlig`i al-Aqra' ibn Habis kelib, Payg`ambarimiz ahli ayollari bilan istiqomat qiladigan hujralari ortidan turib: «Hoy, Muhammad, hoy, Muhammad, menga qara, mening maqtovim ziynat, yomonlashim aybdir», degan ekan. Shunda Alloh taolo ushbu oyatni tushirgan.)