Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hujurat — Ayah 6

49:6
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن جَآءَكُمۡ فَاسِقُۢ بِنَبَإٖ فَتَبَيَّنُوٓاْ أَن تُصِيبُواْ قَوۡمَۢا بِجَهَٰلَةٖ فَتُصۡبِحُواْ عَلَىٰ مَا فَعَلۡتُمۡ نَٰدِمِينَ ٦
Ey, iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko`ringlar, bir qavmga bilmasdan musiybat yetkazib qo`yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo`lmanglar.1
Footnotes
  • [1] (Agar xabar Allohdan va Payg`ambar alayhissalomdan bo`lsa, so`zsiz qabul qilish vojibdir. Qabul qilmaganlar gunohkori azim, kofir bo`ladilar. Oyati karimada Alloh taolo «fosiq xabar keltirsa, aniqlab» xabarning sobitligini tekshirib ko`rishga amr qilmoqda. Allohning amriga bo`ysunish vojib. Afsuski, musulmonlar ushbu oyatga amal qilmaganlari oqibatida katta musibatlarga duchor bo`lmoqdalar. Bir xabarni eshitishi bilanoq, surishtirmay, biror ish qilinsa, keyin xabarning yolg`onligi yoki xatoligi ayon bo`lsa, haqiqatdan afsus-nadomatga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham, Alloh taolo «bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qo`yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo`lmanglar», demoqda.)