O`zlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qo`shdik va ularning amallaridan hech narsani kamaytirmadik. Har bir kishi o`z kasbi garovidir.1
Footnotes
[1]
(Bu dunyoda iymonu islom bilan o`tgan kishilarning agar zurriyotlari ham iymon bilan o`tgan bo`lsa, darajalari uncha yuqori bo`lmasa ham, Alloh ularni otalariga qo`shib qo`yar ekan. Lekin, shu bilan birga otalarning amalidan hech bir narsa kamaytirilmas ekan. Ya'ni, bolalariga olib berilib, ularning darajasi tenglatilmas ekan. Chunki har kim o`zi qilgan kasb-amalning garovidir, amali yaxshi bo`lsa, oqibati ham yaxshi bo`ladi. Alloh ko`rsatmasin, amali yomon bo`lsa, oqibati ham...)