Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hadid — Ayah 13

57:13
يَوۡمَ يَقُولُ ٱلۡمُنَٰفِقُونَ وَٱلۡمُنَٰفِقَٰتُ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱنظُرُونَا نَقۡتَبِسۡ مِن نُّورِكُمۡ قِيلَ ٱرۡجِعُواْ وَرَآءَكُمۡ فَٱلۡتَمِسُواْ نُورٗاۖ فَضُرِبَ بَيۡنَهُم بِسُورٖ لَّهُۥ بَابُۢ بَاطِنُهُۥ فِيهِ ٱلرَّحۡمَةُ وَظَٰهِرُهُۥ مِن قِبَلِهِ ٱلۡعَذَابُ ١٣
Munofiq va munofiqalar iymonlilarga: «To`xtab turinglar, biz ham nuringizdan bir oz olaylik», degan va ularga: «Ortingizga qayting hamda nur qidiring», deyilgan kunda. Bas, ularning orasiga eshigi bor qo`rg`on urilur. Uning ichida rahmat, tashqarisida — oldida azobdir.1
Footnotes
  • [1] (Qiyomat kuni zulmat bo`lib, albatta, bu o`sha kunda ro`y beradigan hodisalarning bir bosqichi, xolos. Hech kim hech narsani ko`rmay qolganda, mo`minlarga nur ato qilinib, ular shodon va shahdam yurib borishadi. Shunda munofiqlar: «Bizni tashlab ketmanglar, kutib turinglar, bizga ham nuringizdan ozgina beringlar», deb yalinishar ekan. Ularga: «Ortingizga qaytib, o`zingiz nur axtaring», deyilarkan. Ular qanday qilib nur topishardi. Bu dunyoda johiliyat zulmatlaridan Islom nuriga chiqishni xohlamagan edilar. Endi oxirat zulmatlarida xoru zor bo`lishlari turgan gap.)