Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hadid — Ayah 20

57:20
ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّمَا ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا لَعِبٞ وَلَهۡوٞ وَزِينَةٞ وَتَفَاخُرُۢ بَيۡنَكُمۡ وَتَكَاثُرٞ فِي ٱلۡأَمۡوَٰلِ وَٱلۡأَوۡلَٰدِۖ كَمَثَلِ غَيۡثٍ أَعۡجَبَ ٱلۡكُفَّارَ نَبَاتُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصۡفَرّٗا ثُمَّ يَكُونُ حُطَٰمٗاۖ وَفِي ٱلۡأٓخِرَةِ عَذَابٞ شَدِيدٞ وَمَغۡفِرَةٞ مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضۡوَٰنٞۚ وَمَا ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَآ إِلَّا مَتَٰعُ ٱلۡغُرُورِ ٢٠
Bilingki, albatta, bu dunyo hayoti o`yin, ko`ngil ermagi va zeb-ziynatdan, o`zaro faxrlanishdan, mol-mulkni va bola-chaqani ko`paytirishdan iboratdir. U, xuddi, o`simligi dehqonlarni ajablantirgan yomg`irga o`xshaydir. Keyinroq bu o`simliklar quriydi va sarg`ayganini ko`rasan. So`ngra u xas-cho`pga aylanib ketadir. Oxiratda esa, qattiq azob bor, Allohdan mag`firat va rozilik bor. Bu dunyo hayoti g`ururga ketkazuvchi matodan o`zga hech narsa emas.1
Footnotes
  • [1] (Ya'ni, bu dunyo hayoti shunday bir yomg`irga o`xshaydiki, u yoqqandan so`ng chiqqan nabotot dehqonlarni hayratga soladi, zavqlantiradi. Aslida esa bu hol o`tkinchidir. Ya'ni, o`simliklar tezda quriydi, rangi sarg`ayadi va qurib, qovjirab, uqalanib ketadi. Ha, bu dunyo hayoti ham shu kabi aldamchidir. Shu bilangina ovunib qolmasligi kerak. Chunki oxiratda kofirlarga qattiq azob, mo`minlarga esa Allohning mag`firati va roziligi bor. Albatta, bu gaplar tarki dunyo qilishga, hamma narsadan yuz o`girishga chaqiriq emas. Balki mezon va o`lchovlarni to`g`ri yo`lga solishga, o`tkinchi hoy-havasdan ustun bo`lishga da'vat, xolos.)