Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltirgan kishilar, ana o`shalar, siddiqlardir va Robbilari huzuridagi shohidlardir. Ularning ajrlari va nurlari bor. Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolg`onga chiqargan kishilar, ana o`shalar do`zax egalaridir.1
Footnotes
[1]
(Ushbu oyatda Allohga va Uning payg`ambarlariga iymon keltirganlar, siddiqlar, deb atalmoqda. «Siddiq» aslida so`ziga, e'tiqodiga va amaliga sodiq kishilarning sifatidir. Ular fazl va martabada payg`ambarlardan keyin turadilar. Ularning hammalariga ulug` ajr va qiyomat zulmatida yo`llarini yoritib boradigan nur bordir. Kofirlarga esa do`zax ro`para qilinadi.)