Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o`tgan birodarlarimizni mag`firat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen shafqatli va mehribonsan», derlar.1
Footnotes
[1]
(Oyati karimada Islom ummatining avvali bilan oxirini bog`lab turuvchi ip namoyon bo`lmoqda. Keyin kelgan musulmon avlodi, kim bo`lishidan qat'iy nazar, o`zidan avval o`lib ketganlarni yaxshilik bilan eslab, ularning haqqiga xayrli duolar qiladilar. O`lganlarni so`kish, ularni xorlash musulmonlarga munosib ish emas. Islom ummatining o`ligiyu, tirigi, avvaliyu oxiri bir xilda e'zozga loyiqdir.)