Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hashr — Ayah 2

59:2
هُوَ ٱلَّذِيٓ أَخۡرَجَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ مِن دِيَٰرِهِمۡ لِأَوَّلِ ٱلۡحَشۡرِۚ مَا ظَنَنتُمۡ أَن يَخۡرُجُواْۖ وَظَنُّوٓاْ أَنَّهُم مَّانِعَتُهُمۡ حُصُونُهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَأَتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِنۡ حَيۡثُ لَمۡ يَحۡتَسِبُواْۖ وَقَذَفَ فِي قُلُوبِهِمُ ٱلرُّعۡبَۚ يُخۡرِبُونَ بُيُوتَهُم بِأَيۡدِيهِمۡ وَأَيۡدِي ٱلۡمُؤۡمِنِينَ فَٱعۡتَبِرُواْ يَٰٓأُوْلِي ٱلۡأَبۡصَٰرِ ٢
U zot ahli kitobdan bo`lgan kofirlarni o`z diyorlaridan birinchi hashr uchun chiqargan Zotdir. Ularni chiqar deb o`ylamagan edingiz. O`zlari ham, qo`rg`onimiz bizni Alloh(azobi)dan saqlab qolur, deb o`ylashardi. Alloh ular o`ylamagan tarafdan oldi va ularning qalbiga qo`rqinch soldi. Uylarini o`z qo`llari bilan va mo`minlarning qo`llari bilan buza boshladilar. Ibrat oling, ey, aql egalari!1
Footnotes
  • [1] (Yahudiylar qo`rg`onlariga ishonib, bizga hech qanday yomonlik yetishi mumkin emas, deb xotirlari jam edi. Lekin Alloh taolo ular o`ylamagan, xayollariga kelmagan ishni amr qildi. Qo`rg`onlar joyida qolib, yahudiylarning qalblaridan putur ketdi. Alloh ularning qalblariga qo`rqinch va vahima soldi. Ana shunda, biz ko`chib ketsak, bu qo`rg`onlar musulmonlarga qolmasin, deya uylarini o`zlari buza boshladilar. Musulmonlar qamal davomida binolarga tashqaridan putur yetkazdi. Oqibatda mustahkam qo`rg`onlar vayron bo`ldi. Bu voqea aqli bor har bir kishiga o`rnak bo`larlik bir ogohlantirishdir. Demak, bandasi qanchalik xom xayol qilmasin, Xudoning buyurgani bo`ladi.)