Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hashr — Ayah 7

59:7
مَّآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡقُرَىٰ فَلِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَٱلۡيَتَٰمَىٰ وَٱلۡمَسَٰكِينِ وَٱبۡنِ ٱلسَّبِيلِ كَيۡ لَا يَكُونَ دُولَةَۢ بَيۡنَ ٱلۡأَغۡنِيَآءِ مِنكُمۡۚ وَمَآ ءَاتَىٰكُمُ ٱلرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَىٰكُمۡ عَنۡهُ فَٱنتَهُواْۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ ٧
Alloh O`z Rasuliga shahar-qishloq ahlidan qaytarib bergan narsa... Allohgadir va Uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va ko`cha o`g`illarigadir. Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa bo`lib qolmasligi uchun. Payg`ambar sizga nimani bersa, o`shani olinglar va nimadan qaytarsa, o`shandan qaytinglar. Allohdan qo`rqinglar. Albatta, Alloh azobi zo`r Zotdir.1
Footnotes
  • [1] (Alloh taolo yahudiylar qoldirgan mollarni «qaytarilgan mol» deb nomlayapti. Aslida, mol Allohniki, Bani Naziyrga bergan molini endi Payg`ambariga qaytardi. Aslida o`ljalarni jihodda qatnashgan mujohidlarga taqsimlanadi. Ammo bu safar o`lja urushsiz qo`lga tushgani uchun ushbu va keyingi oyatda zikri kelgan: Alloh, Allohning Rasuli, Payg`ambar alayhissalomning yaqin qarindoshlari, safarda og`ir ahvolga tushganlar, yetim, miskin va faqir muhojirlarga taqsimlanmoqda.)