Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz o`rtasida do`stlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahiymlidir.1
Footnotes
[1]
(Alloh taolodan «shoyadki» kalimasi sodir bo`lsa, albatta, voqelikda sodir bo`lishi shart. Bu va'da Makkai Mukarrama fath bo`lishi bilan amalga oshdi. Mushriklar to`p-to`p bo`lib Allohning diniga kirdilar va musulmonlar bilan do`st-birodar bo`ldilar. Qalblaridagi dushmanlik tuyg`ulari ham ko`tarildi.)