Albatta, Alloh sizlarni diniy urush qiluvchilar, diyoringizdan chiqaruvchilar va chiqarilishingizga yordam berganlarga do`stlik qilishdan qaytaradir. Ularni do`st tutganlar zolim kishilardir.1
Footnotes
[1]
(Alloh taolo bu oyati karimada mo`min-musulmonlarni boshqa millat va diyonat vakillari bilan agar ular musulmonlarga diniy adovat ila urush qilmasa va ularni siquvga olib o`z diyorlaridan chiqarib yuborishga urinmasa, yaxshi aloqada bo`lishga buyurmoqda va ularga nisbatan adolatli bo`lishni ta'kidlamoqda. Ammo kimki musulmonlarga diniy adovat tufayli urush ochsa, ularni diyorlaridan chiqarsa yoki dushmanlariga ularni diyorlaridan chiqarishda yordam bersa, albatta, unday kishilarni do`st tutib bo`lmaydi. Bu ham ayni adolatdir.)