Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah As-Saf — Ayah 14

61:14
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُونُوٓاْ أَنصَارَ ٱللَّهِ كَمَا قَالَ عِيسَى ٱبۡنُ مَرۡيَمَ لِلۡحَوَارِيِّـۧنَ مَنۡ أَنصَارِيٓ إِلَى ٱللَّهِۖ قَالَ ٱلۡحَوَارِيُّونَ نَحۡنُ أَنصَارُ ٱللَّهِۖ فَـَٔامَنَت طَّآئِفَةٞ مِّنۢ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ وَكَفَرَت طَّآئِفَةٞۖ فَأَيَّدۡنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ عَلَىٰ عَدُوِّهِمۡ فَأَصۡبَحُواْ ظَٰهِرِينَ ١٤
Ey, iymon keltirganlar! Allohning yordamchilari bo`ling! Iyso ibn Maryam havoriylarga: «Kim Alloh uchun mening yordamchim(bo`ladi)?» deganida, havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz», dedilar. Bas, Bani Isroildan bir toifa iymon keltirdi va bir toifa kofir bo`ldi. Bas, Biz iymon keltirganlarni dushmanlari ustidan qo`llab-quvvatladik. Va ular g`olib bo`ldilar.1
Footnotes
  • [1] (Havoriylar Iyso alayhissalomning shogirdlari, u kishiga yaqin odamlardir. Alloh taolo bu oyati karimada musulmonlarni Islom diniga xizmat qilishga chaqirmoqda va bu xizmatni Allohga yordamchi bo`lish, deb atamoqda.)