Islomga da'vat qilinib turganida Allohga nisbatan yolg`on to`qigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi? Holbuki, Alloh zolimlarni hidoyatga solmas.1
Footnotes
[1]
(Ya'ni, inson Islomga da'vat qilinsa, ikki dunyoning saodatiga erishtiruvchi dinga chaqirilsa, uni xursandlik bilan qabul qilishning o`rniga, Allohga nisbatan yolg`on to`qisa, haqiqatdan u dunyodagi eng ashaddiy zolim hisoblanadi. Undaylarning Alloh taologa nisbatan to`qigan yolg`onlari turlicha bo`ladi.)