Ustlariga Tavrot yuklatilgan, so`ngra uni ko`tarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka o`xsharlar. Allohning oyatlarini yolg`onga chiqargan qavmning misoli qandoq ham yomon. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.1
Footnotes
[1]
(«Ustlariga Tavrot yuklatilgan»lar — yahudiylar. Alloh taolo ularni ustiga kitob ortilgan eshakka o`xshatmoqda. Xuddi eshak ustidagi kitobni ko`tarib charchasa charchaydi, ammo aslo bu kitobdagi ilm va ta'limotlardan foydalanmaydi.)