Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Munafiqun — Ayah 4

63:4
۞ وَإِذَا رَأَيۡتَهُمۡ تُعۡجِبُكَ أَجۡسَامُهُمۡۖ وَإِن يَقُولُواْ تَسۡمَعۡ لِقَوۡلِهِمۡۖ كَأَنَّهُمۡ خُشُبٞ مُّسَنَّدَةٞۖ يَحۡسَبُونَ كُلَّ صَيۡحَةٍ عَلَيۡهِمۡۚ هُمُ ٱلۡعَدُوُّ فَٱحۡذَرۡهُمۡۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُۖ أَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ ٤
Va agar ularni ko`rsang, jismlari seni ajablantirur va agar gapirsalar, gaplariga quloq osarsan. Ular xuddi suyab qo`yilgan xodaga o`xsharlar. Har qichqiriqni ziddilariga hisoblarlar. Ular dushmandirlar. Ulardan hazir bo`l. Alloh ularga urush ochsin, haqdan qandoq o`girilurlar?!1
Footnotes
  • [1] (Bu oyatda Alloh taolo munofiqlarning ba'zi sifatlari va tasarruflarini mo`minlar ulardan ehtiyot bo`lishlari uchun bayon qilmoqda. Chunki munofiqlarning ichida chiroyli yuzli, kelishgan gavdali, so`zga usta kishilar bor. Bunday qaraganda, kelishgan, tuppa-tuzuk odamlar, gaplari ham kishilarni rom qiladigan. Masalan, munofiqlarning o`sha paytdagi rahbari Abdulloh ibn Ubay qomatli, chiroyli va so`zlamol odam edi. Boshqa munofiqlardan ham unga o`xshashlari bor edi. Payg`ambar alayhissalomning majlislariga kelib, devorga suyanib o`tirar edilar. Sahobalar ularning qomatlariga havas bilan boqishar, gaplariga quloq solar edilar. Lekin baribir qalblari iymondan, yaxshilikdan xoli bo`lgani uchun Alloh taolo ularni devorga suyab qo`ygan xodaga o`xshatmoqda.)