Ular uchun istig`for aytasanmi yoki aytmaysanmi — bari bir. Alloh ularni hech mag`firat qilmas. Zero, Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.1
Footnotes
[1]
(Istig`for aytish — gunohning kechishini Allohdan so`rash. Suraning nozil bo`lishi haqidagi rivoyatlarda kelishicha, munofiqlarning rahbari Abdulloh ibn Ubayning yolg`onchiligi fosh bo`lgandan so`ng kishilar unga: «Endi Rasulullohning huzurlariga borib uzr so`ra, u kishi sening gunohlaringni kechishini so`rab Allohga duo qilsalar, gunohlaring mag`firat qilinsa ajab emas», deyishganda, mutakabbirlik bilan bosh chayqab, bormagan ekan. Lekin oyatning hukmi hamma munofiqlar uchun bir.)