Ular: «Agar Madinaga qaytib borsak, albatta, aziz xorni undan chiqarur», derlar. Holbuki, azizlik Allohga, Uning Rasuliga va mo`minlariga xosdir. Ammo munofiqlar bilmaslar.1
Footnotes
[1]
(Ushbu oyati karima munofiqlar boshlig`ining Payg`ambar alayhissalomni Madinadan xorlarcha quvib chiqaraman, deb qilgan do`q-po`pisasiga raddiya beradi. «Madinaga qaytib borsak», deyilgandan murod Mustaliq qavmiga qarshi g`azotdan qaytib Madina shahriga borsak, deganidir. Bundan ko`rinib turibdiki, munofiqlar qarshi turli jabha va uslublarni, shu jumladan, mahalliychilikni ham ishga soladilar.)