U, osmonlaru yerni haq bilan yaratdi. Va qiyofangizni chiroyli suvratda qildi. Va qaytib borish Uning O`zigadir.1
Footnotes
[1]
(Ulamolarimiz «Osmonlaru Yerni haq bilan yaratdi» jumlasini «Hikmat» bilan yaratdi, deb tushuntiradilar. Osmondagi hisobsiz yuulduzlar va boshqa jismlar, ularning bir-biridan ma'lum uzoqlikda va qat'iy tartibda joylashishi, hali inson ilmi yetmagan ko`pgina narsa va hodisalar ularni yagona Alloh yaratganini tasdiqlaydi.)