Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah At-Talaq — Ayah 1

65:1
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ إِذَا طَلَّقۡتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَطَلِّقُوهُنَّ لِعِدَّتِهِنَّ وَأَحۡصُواْ ٱلۡعِدَّةَۖ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ رَبَّكُمۡۖ لَا تُخۡرِجُوهُنَّ مِنۢ بُيُوتِهِنَّ وَلَا يَخۡرُجۡنَ إِلَّآ أَن يَأۡتِينَ بِفَٰحِشَةٖ مُّبَيِّنَةٖۚ وَتِلۡكَ حُدُودُ ٱللَّهِۚ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَقَدۡ ظَلَمَ نَفۡسَهُۥۚ لَا تَدۡرِي لَعَلَّ ٱللَّهَ يُحۡدِثُ بَعۡدَ ذَٰلِكَ أَمۡرٗا ١
Ey Nabiy! Agar ayollarni taloq qiladigan bo`lsangiz, iddalari uchun qiling va iddani hisoblang va Allohga taqvo qiling. Ularni uylaridan chiqarmanglar va o`zlari ham chiqmasinlar, illo, ochiq-oydin fohisha ish qilgan bo`lsalar (chiqarilurlar) va ana shular Allohning chegaralaridir. Kim Allohning chegarasidan chiqsa, haqiqatan, o`ziga o`zi zulm qilibdi. Sen bilmassan, shoyadki, Alloh undan keyin biror ishni paydo qilsa.1
Footnotes
  • [1] (Ayollar uchun idda o`tirishni boshlashga munosib vaqt hayzdan pok bo`lganlaridan so`ng jinsiy yaqinlik qilmay turib taloq qo`yishdir. Buning aksi ham bo`lishi mumkin. Shundan kelib chiqib, taloq ikkiga bo`linadi: sunniy taloq va bid'iy taloq. Sunniy taloq — er kishi o`z xotinini hayzdan pok paytida, jinsiy yaqinlik qilmay turib yoki homiladorligi aniq bo`lganda taloq qilishdir. Ushbu shartlarning qo`yilishi ham taloqning oldini olish uchun tutilgan yo`ldir. Er kishi xotinini hayzdan pok bo`lishini kutib, hovridan tushib, taloq niyatidan qaytib qolishi mumkin. Yoki homiladorligi aniqlangandan so`ng mehri kuchayib, taloqni unutishi ham mumkin. Bid'iy taloq — yuqorida sanalgan shartlar vujudga kelmagan paytdagi taloqdir. Ya'ni, hayz paytida, poklik payti-yu, ammo jinsiy yaqinlik sodir bo`lganda qo`yiladiganidir. Bid'iy taloq qilgan kishi gunohkor hisoblanadi. Lekin o`rtaga taloq tushaveradi.)