Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah At-Talaq — Ayah 7

65:7
لِيُنفِقۡ ذُو سَعَةٖ مِّن سَعَتِهِۦۖ وَمَن قُدِرَ عَلَيۡهِ رِزۡقُهُۥ فَلۡيُنفِقۡ مِمَّآ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُۚ لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفۡسًا إِلَّا مَآ ءَاتَىٰهَاۚ سَيَجۡعَلُ ٱللَّهُ بَعۡدَ عُسۡرٖ يُسۡرٗا ٧
Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin. Kimning rizqi tor bo`lsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin. Alloh har bir nafsni O`zi berganidan ortiqchaga taklif qilmas. Alloh qiyinchilikdan so`ng tezda osonlikni berur.1
Footnotes
  • [1] (Taloq qilingan ayol homilador bo`lsa, taloq qiluvchi er uni tuqqunicha nafaqa bilan ta'minlab turishi kerak. Ushbu nafaqa taom, kiyim va maskan kabilarni o`z ichiga oladi. Agar ayol taloq qilgan eridan bo`lgan farzandni emizsa, xohlasa, emizgani uchun haq oladi. Bu haqning qancha bo`lishi «o`zaro yaxshilik bilan maslahat qiling» degan amrga binoan kelishiladi. Oralariga taloq tushgan eru xotin farzandni emizish haqqini kelishishdan «Agar qiyinchilikka uchrasa»lar, unga (erga, farzandni) boshqa ayol emizib beradi». Ya'ni, er boshqa begona ayol bilan shartnoma tuzib, unga haq berib bolasini emizdiradi. Islom dini ayollarni qanchalik e'zozlaganini ushbu hukmdan ham bilib olsa bo`ladi. Taomi, kiyimi va maskani erining zimmasiga. Hatto bolani emizish tashvishi ham xotinning emas, balki erning zimmasida, uning burchi.)