Alloh iymon keltirganlarga Fir'avnning xotinini misol qilib ko`rsatdi. U (xotin): «Robbim, menga O`z huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga Fir'avndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin», deb aytdi.1
Footnotes
[1]
(Fir'avnning xotini o`sha paytdagi eng katta podshohning ayoli edi. Yemak-kiymakda to`kin edi. Nimani xohlasa, shuni qilishi mumkin. Qasrlarda, turli ne'matlar ichida farog`atda yashashiga qaramasdan kofir va zolim eriga va qavmiga qarshi chiqdi. Allohga iymon keltirdi. Allohdan jannatda uy qurib berishni so`radi. Bu esa dunyo hoyi havasidan ustun kelishning oliy misolidir.)