U sizlarga yerni bo`ysundirib qo`ygan Zotdir. Bas, aning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng va qabrdan chiqib borish ham Uning huzuriga bo`ladir.1
Footnotes
[1]
(Ulamolarimiz qadimdan ushbu oyati karimaning tafsirini Islomda mehnatga chorlash, rizqni terib yeyish, Yer yuzinining turli joylarida harakat qilish zarurligiga dalil qilib keltiradilar. Darhaqiqat, Alloh taolo Yerni insonga bo`ysundirib qo`ygan, lekin bu haqiqat hozirgi asrimizdagidek hech qachon yaqqol ko`zga tashlanmagan.)