Va darhaqiqat, Biz yaqin osmonni chiroqlar bilan ziynatlab qo`ydik va u(chiroq)larni shaytonlarga otiladigan narsa ham qilib qo`ydik. Va u(shayton)larga olovi qizib turgan jahannamni tayyorlab qo`ydik.1
Footnotes
[1]
(Arab folbinlari bizning shaytonlarimiz osmonga chiqib, g`oyibdagi narsalarni bilib beradi, deb maqtanar edilar. Qur'oni Karim buni rad etib, bu dunyoda shaytonlarni yulduzlardan ajrab chiqqan uchqunlar quvib haydashini, u dunyoda esa, ularga Alloh jahannam azobini tayyorlab qo`yganini ta'kidlamoqda.)