Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Muzzammil — Ayah 20

73:20
۞ إِنَّ رَبَّكَ يَعۡلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدۡنَىٰ مِن ثُلُثَيِ ٱلَّيۡلِ وَنِصۡفَهُۥ وَثُلُثَهُۥ وَطَآئِفَةٞ مِّنَ ٱلَّذِينَ مَعَكَۚ وَٱللَّهُ يُقَدِّرُ ٱلَّيۡلَ وَٱلنَّهَارَۚ عَلِمَ أَن لَّن تُحۡصُوهُ فَتَابَ عَلَيۡكُمۡۖ فَٱقۡرَءُواْ مَا تَيَسَّرَ مِنَ ٱلۡقُرۡءَانِۚ عَلِمَ أَن سَيَكُونُ مِنكُم مَّرۡضَىٰ وَءَاخَرُونَ يَضۡرِبُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ يَبۡتَغُونَ مِن فَضۡلِ ٱللَّهِ وَءَاخَرُونَ يُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِۖ فَٱقۡرَءُواْ مَا تَيَسَّرَ مِنۡهُۚ وَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَقۡرِضُواْ ٱللَّهَ قَرۡضًا حَسَنٗاۚ وَمَا تُقَدِّمُواْ لِأَنفُسِكُم مِّنۡ خَيۡرٖ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيۡرٗا وَأَعۡظَمَ أَجۡرٗاۚ وَٱسۡتَغۡفِرُواْ ٱللَّهَۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٞ رَّحِيمُۢ ٢٠
Albatta, Robbing seni kechaning uchdan ikkisidan ozrog`ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo`lib o`tkazayotganingni va sen bilan birga bo`lganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni O`zi o`lchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Bas (endi), Qur'ondan muyassar bo`lganicha o`qinglar. Sizlardan kelajakda kasallar bo`lishini ham bildi. Boshqalar Yer yuzida yurib, Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yo`lida jihod qilishlarini (ham bildi). Bas, undan muyassar bo`lganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. O`zingiz uchun nima yaxshilik qilgan bo`lsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirog`ini va ulkanroq ajrni toparsizlar. Allohga istig`for aytinglar. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahmdildir.1
Footnotes
  • [1] (Bu oyat bilan Alloh taolo suraning avvalidagi oyatlarga binoan farz qilingan kechasi qoim bo`lishni bekor qildi. Shundan so`ng kechada farz namozlardan tashqari ibodat qilish ixtiyoriyga aylanadi. Islom ta'limotlari har bir narsada yuksak insoniy fazilatlar hukm surishini yo`lga qo`yib kelgan va inshaalloh shunday bo`lib qoladi.)