Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Muddaththir — Ayah 31

74:31
وَمَا جَعَلۡنَآ أَصۡحَٰبَ ٱلنَّارِ إِلَّا مَلَٰٓئِكَةٗۖ وَمَا جَعَلۡنَا عِدَّتَهُمۡ إِلَّا فِتۡنَةٗ لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ لِيَسۡتَيۡقِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ وَيَزۡدَادَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِيمَٰنٗا وَلَا يَرۡتَابَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ وَٱلۡمُؤۡمِنُونَ وَلِيَقُولَ ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٞ وَٱلۡكَٰفِرُونَ مَاذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلٗاۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ مَن يَشَآءُ وَيَهۡدِي مَن يَشَآءُۚ وَمَا يَعۡلَمُ جُنُودَ رَبِّكَ إِلَّا هُوَۚ وَمَا هِيَ إِلَّا ذِكۡرَىٰ لِلۡبَشَرِ ٣١
Do`zax sohiblarini farishtalardan qilganimiz va ularning adadi ham faqat kofirlarni sinash uchun. Kitob berilganlar ishonch hosil qilishlari uchun. Va iymonlilarning iymoni ziyoda bo`lishi uchun. Kitob berilganlar va mo`minlar shak-shubha qilmasliklari uchun va qalblarida kasali borlar (munofiqlar) va kofirlar, Alloh bu bilan nima misolni iroda qilmoqchi, deyishlari uchun. Shundoq qilib, Alloh xohlagan kimsani adashtirur va xohlagan kimsani hidoyatga solur. Robbingning askarlarini O`zidan boshqa hech kim bilmas. Va u (do`zax) bashar uchun eslatmadan o`zga hech narsa emas.