Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 39

24:39
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَعۡمَٰلُهُمۡ كَسَرَابِۭ بِقِيعَةٖ يَحۡسَبُهُ ٱلظَّمۡـَٔانُ مَآءً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَهُۥ لَمۡ يَجِدۡهُ شَيۡـٔٗا وَوَجَدَ ٱللَّهَ عِندَهُۥ فَوَفَّىٰهُ حِسَابَهُۥۗ وَٱللَّهُ سَرِيعُ ٱلۡحِسَابِ ٣٩
Kufr keltirganlarning amallari sahrodagi sarobga o`xshar. Chanqoq odam uni suv deb hisoblar. Qachonki, uning oldiga kelsa, hech narsani topmas. Va u oldida Allohni topur. Bas, U zot uning hisobini to`liq qilur. Alloh o`ta tez hisob qilguvchidir.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyati karimada Alloh taoloning nuridan mahrum bo`lgan kofir va munofiqlarning holi ajoyib uslub ila vasf etilmoqda. O`zlari chanqoq odamga, amallari esa, sahrodagi sarobga o`xshatilmoqda. Munofiqlar ham bu dunyoda o`zlaricha, u qildim-bu qildim, deb amallarini sanab, «yaxshi-yaxshi» umidlar bilan oxirat tomon ketaveradilar. Qiyomat qoim bo`lib, «manzil»ga yetganlarida esa, hech narsa topmaydilar. Qilgan amalimizning savobini topamiz, deb borgan joylarida Allohni topadilar va Alloh ularni bekamu ko`st hisob-kitob qiladi.)