Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 40

24:40
أَوۡ كَظُلُمَٰتٖ فِي بَحۡرٖ لُّجِّيّٖ يَغۡشَىٰهُ مَوۡجٞ مِّن فَوۡقِهِۦ مَوۡجٞ مِّن فَوۡقِهِۦ سَحَابٞۚ ظُلُمَٰتُۢ بَعۡضُهَا فَوۡقَ بَعۡضٍ إِذَآ أَخۡرَجَ يَدَهُۥ لَمۡ يَكَدۡ يَرَىٰهَاۗ وَمَن لَّمۡ يَجۡعَلِ ٱللَّهُ لَهُۥ نُورٗا فَمَا لَهُۥ مِن نُّورٍ ٤٠
Yoki xuddi qa'rsiz dengizdagi zulmatlarga o`xshar. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qo`lini chiqarsa, ko`ra olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur bo`lmas.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyati karimada ham Allohning nuridan mahrum bo`lgan kofir va munofiqlarning holati ajoyib uslub ila vasf qilinmoqda. Ya'ni, dengizni katta to`lqin qoplab olgandir. Bu to`lqin esa, zulmat ustiga zulmatdir. Ammo bu hali hammasi emas. O`sha qop-qora to`lqinning ustidan qop-qora bulut qoplab turibdi. Bu zulmatlar ostida kofir va munofiq qanday qilib Allohning nurini ko`rsin. U o`z qo`lini ko`ra olmagandan keyin, Allohning nurini ko`ra olmasligi turgan gap.)