Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 60

24:60
وَٱلۡقَوَٰعِدُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ ٱلَّٰتِي لَا يَرۡجُونَ نِكَاحٗا فَلَيۡسَ عَلَيۡهِنَّ جُنَاحٌ أَن يَضَعۡنَ ثِيَابَهُنَّ غَيۡرَ مُتَبَرِّجَٰتِۭ بِزِينَةٖۖ وَأَن يَسۡتَعۡفِفۡنَ خَيۡرٞ لَّهُنَّۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٞ ٦٠
Ayollardan (keksayib) o`tirib qolganlari, nikohni umid qilmaydiganlariga ziynatlarini ko`z-ko`z qilmagan holda kiyimlarini qo`yishlarida gunoh yo`qdir. Iffat talabida bo`lsalar, o`zlari uchun yaxshidir. Alloh o`ta eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyatdagi «kiyimlari»dan murod katta yopinchiq va hamda ustdan kiyiladigan ridodir. Ayol kishi o`ta qarib, nikohdan umuman umidsiz bo`lib qolganda paranji-chimmat qilmaslikka ruxsat bor. Lekin, shunday bo`lsa ham, iffatlarini saqlaganlari o`zlari uchun yaxshidir. Ammo voqelikda qari ayollarning o`ranib-chirmanib, yoshlarning ochilib-sochilib yurgani ko`riladi. Bu ham, ya'ni yoshlarning bu holati shariatga bo`yinsunmaslikning bir ko`rinishidir.)