Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 61

24:61
لَّيۡسَ عَلَى ٱلۡأَعۡمَىٰ حَرَجٞ وَلَا عَلَى ٱلۡأَعۡرَجِ حَرَجٞ وَلَا عَلَى ٱلۡمَرِيضِ حَرَجٞ وَلَا عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمۡ أَن تَأۡكُلُواْ مِنۢ بُيُوتِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ ءَابَآئِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ أُمَّهَٰتِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ إِخۡوَٰنِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ أَخَوَٰتِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ أَعۡمَٰمِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ عَمَّٰتِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ أَخۡوَٰلِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ خَٰلَٰتِكُمۡ أَوۡ مَا مَلَكۡتُم مَّفَاتِحَهُۥٓ أَوۡ صَدِيقِكُمۡۚ لَيۡسَ عَلَيۡكُمۡ جُنَاحٌ أَن تَأۡكُلُواْ جَمِيعًا أَوۡ أَشۡتَاتٗاۚ فَإِذَا دَخَلۡتُم بُيُوتٗا فَسَلِّمُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمۡ تَحِيَّةٗ مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِ مُبَٰرَكَةٗ طَيِّبَةٗۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِ لَعَلَّكُمۡ تَعۡقِلُونَ ٦١
Ko`zi ojizga gunoh — tanglik yo`qdir. Va, cho`loqqa gunoh — tanglik yo`qdir. Va, bemorga gunoh — tanglik yo`qdir. Va, Sizning o`zingizga ham o`z uyingizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog`alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo siz kalitiga molik bo`lgan yoki do`stingiz (uyidan) yemoqligingizda (tanglik) yo`qdir. Sizlarga jamlangan yoki tarqoq holda yemoqlikda ham gunoh — tanglik yo`qdir. Uylarga kirgan chog`ingizda o`zlaringizga Allohdan bo`lgan pokiza va muborak tabrik ila salom beringlar. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Shoyadki, aql yuritsangiz.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyati karimaning avvalida ko`zi ojiz, cho`loq va bemor kishilarga nimada gunoh bo`lmasligi, tanglik yo`qligi haqida mufassir ulamolarimiz ixtilof qilishgan. Bir guruhlari, ularning jihodga chiqmay qolishlarida gunoh va tanglik yo`q, deydilar. Boshqalari, bu yerda esa, so`z jihod haqida emas, balki aynan taom yemoq haqida ketmoqda, shuning uchun ham mazkur jumlani «taom yeyishda ularga gunoh va tanglik yo`q», deb tushunmoq kerak, deydilar va bu fikrlarini tasdiqlovchi rivoyatlarni keltiradilar. Ikkinchi toifa mufassirlarning fikrlari kuchliroqdir. «Kalitga molik bo`lish» uy egasining kalitni ishonib topshirib qo`yishidir. Ana shunday kishilar insof bilan, qorinlari to`yguncha yesalar, bo`laveradi. Oyisha onamizdan Imom az-Zuhriy qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh alayhissalotu vassalom bilan jihodga jo`nab ketayotgan musulmonlar uylari kalitlarini o`zlari bilgan kishilarga topshirib, hojatingiz tushganda yemoqni sizga halol qildik, deb ketar ekanlar. Ammo kalitni olib qolganlar, quruq manzirat uchun aytilgan bo`lsa kerak, deb o`zlarini tiyisharkan. Ushbu oyat bilan ularga Alloh ham izn bergan.)