Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 24

28:24
فَسَقَىٰ لَهُمَا ثُمَّ تَوَلَّىٰٓ إِلَى ٱلظِّلِّ فَقَالَ رَبِّ إِنِّي لِمَآ أَنزَلۡتَ إِلَيَّ مِنۡ خَيۡرٖ فَقِيرٞ ٢٤
Bas, ikkovlariga (hayvonlarini) sug`orib berdi. So`ngra soyaga qaytdi va «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedi.1
Footnotes
  • [1] (Muso alayhissalom haligi ikki ayolning hayvonlarini sug`orib berdilar. Buni o`zlarining erkak kishilik burchi, deb bildilar. Demak, kun issiq ekan. Avval ham soyada o`tirgan edilar. Lekin qiynalayotgan ikki ayolni ko`rib, g`oyatda charchagan, horib-tolgan, ochiqqan bo`lsalar ham, turib ularga yordam berdilar. Qaytib borib yana soyadan joy oldilar. Yana yolg`iz qoldilar. Yana muhojirlik g`urbatini his etdilar. Yolg`izning yori xudo, deb yana Robbul Olamiynga iltijo qilib: «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedilar.)