Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 25

28:25
فَجَآءَتۡهُ إِحۡدَىٰهُمَا تَمۡشِي عَلَى ٱسۡتِحۡيَآءٖ قَالَتۡ إِنَّ أَبِي يَدۡعُوكَ لِيَجۡزِيَكَ أَجۡرَ مَا سَقَيۡتَ لَنَاۚ فَلَمَّا جَآءَهُۥ وَقَصَّ عَلَيۡهِ ٱلۡقَصَصَ قَالَ لَا تَخَفۡۖ نَجَوۡتَ مِنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ ٢٥
Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam senga bizlarga sug`orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qo`rqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi.1
Footnotes
  • [1] (Qizlar otasiga hayvonlarini sug`orib bergan g`arib yigit haqida, uning mardligi, shijoatligi, yana o`zi yolg`iz soyada o`tirib qolganligi haqida so`zlab berishgan. O`shanda otalari qizlardan birini o`sha g`arib yigitni chaqirib kelish uchun yuboradi. Muso alayhissalom bu chaqiriqni qabul qilib, cholning oldiga boradilar. Muso alayhissalom uy egasiga boshlaridan o`tgan qissani gapirib berdilar. Ko`pni ko`rgan tajribali chol u kishining ko`nglini ko`tarib, qo`rqma, endi qutulib ketding, degan ma'noni aytdi.)