Va har bir ummatdan bir shohid chiqarib: «Hujjatlaringizni keltiring!» degaymiz. Bas, ular haq Allohga ekanini bilurlar va o`zlari uydirib yurgan narsalari g`oyib bo`lur.1
Footnotes
[1]
(Qiyomat kunida Alloh taolo har ummatning payg`ambarini guvoh sifatida chiqarib olib, ummatlarga, mening sherigim borligi haqida qilgan da'volaringizga hujjatlaringizni keltiring, deydi. Ularning o`zlari o`ylab topgan soxta xudolari g`oyib bo`lib qoladi. Ana o`shanda sharmandalari chiqadi.)