Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 76

28:76
۞ إِنَّ قَٰرُونَ كَانَ مِن قَوۡمِ مُوسَىٰ فَبَغَىٰ عَلَيۡهِمۡۖ وَءَاتَيۡنَٰهُ مِنَ ٱلۡكُنُوزِ مَآ إِنَّ مَفَاتِحَهُۥ لَتَنُوٓأُ بِٱلۡعُصۡبَةِ أُوْلِي ٱلۡقُوَّةِ إِذۡ قَالَ لَهُۥ قَوۡمُهُۥ لَا تَفۡرَحۡۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلۡفَرِحِينَ ٧٦
Albatta, Qorun Muso qavmidan bo`lib, ularga takabburlik qildi. Biz unga kalitlari bir guruh quvvatlilarga ham og`irlik qiladigan xazinalarni bergan edik. O`shanda qavmi unga: «Hovliqma, albatta, Alloh hovliqqanlarni suymas.1
Footnotes
  • [1] (Demak, Qorun Muso alayhissalomning, ya'ni Bani Isroil qavmidan bo`lib, qavmiga takabburlik qilgan. Qorun katta boylikka uchib, qavmiga takabburlik qildi. Molu mulki shu darajada ko`p ediki, xazinalarining kalitlarini ko`tarish bir to`da kuchli odamlarga ham og`irlik qilar edi. O`sha vaqtda shunchalik molga egalik uni hovliqtirib yuboradi. Shu sababli, o`z qavmiga takabburlik qiladi.)