Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 77

28:77
وَٱبۡتَغِ فِيمَآ ءَاتَىٰكَ ٱللَّهُ ٱلدَّارَ ٱلۡأٓخِرَةَۖ وَلَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ ٱلدُّنۡيَاۖ وَأَحۡسِن كَمَآ أَحۡسَنَ ٱللَّهُ إِلَيۡكَۖ وَلَا تَبۡغِ ٱلۡفَسَادَ فِي ٱلۡأَرۡضِۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُفۡسِدِينَ ٧٧
Va Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin, bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzg`unchilikni izlama. Albatta, Alloh buzg`unchilarni suymas», dedilar.1
Footnotes
  • [1] (Alloh taolo bergan molu dunyoga qanday munosabatda bo`lish kerakligi ushbu oyati karimada o`z aksini topgan. Musulmon banda qo`liga molu dunyo tushganda o`zini xuddi shu oyatga mos tutmog`i lozim. Musulmon odam, avvalo, Alloh bergan molu dunyo bilan oxiratni izlashga intiladi. Ya'ni, molu mulkini shariatda ko`rsatilgan, oxiratda foyda beradigan joylarga sarflaydi. Harom-xarish, gunoh, fisqu fujur va behuda ishlarga sarf etmaydi. Chunki behuda ishlarga sarflangan molu dunyo bu dunyoda ham, u dunyoda ham foyda bermaydi. Aksincha, ikki dunyoda ham ziyon keltiradi. Lekin musulmon odam oxiratni o`ylab, bu dunyosini tark qilib-unutib ham yubormaydi.)