Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-'Ankabut — Ayah 45

29:45
ٱتۡلُ مَآ أُوحِيَ إِلَيۡكَ مِنَ ٱلۡكِتَٰبِ وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَۖ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ تَنۡهَىٰ عَنِ ٱلۡفَحۡشَآءِ وَٱلۡمُنكَرِۗ وَلَذِكۡرُ ٱللَّهِ أَكۡبَرُۗ وَٱللَّهُ يَعۡلَمُ مَا تَصۡنَعُونَ ٤٥
Senga kitobdan vahiy qilingan narsani tilovat qil va namozni to`kis ado et, albatta, namoz fohisha va munkar ishlardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir. Alloh nima qilsangiz, bilur.1
Footnotes
  • [1] (Qur'onni tilovat qilib, kishilarga yetkazish Islom da'vatining asosiy omilidir. Ushbu ilohiy kitob ma'nolarini kishilarga yetkazish, uning ta'limotlariga amal qilishga chaqirish da'vatchining asosiy ishi bo`lmog`i lozim. Biz «namozni to`kis ado et» deb tarjima qilgan jumlani to`ridan-to`g`ri, so`zma-so`z o`zbekchaga ag`daradigan bo`lsak, «namozni tik turg`iz» bo`lib chiqadi. Demak, namozni o`qish bilan namozni tik turg`izish, ya'ni to`kis ado etish orasida farq bor. Alloh taolo Payg`ambar alayhissalotu vassalomga namoz o`qi deb emas, namozni to`kis ado et, deb xitob qilmoqda. Mana shu nuqtadan kimning namozi haqiqiy, kimniki soxta ekanini bilib olamiz. Namozni hamma ham o`qiyveradi, lekin namozxon fohisha va munkar ishlardan qaytmasa, uning o`qigan namozi haqiqiy bo`lmaydi. Qachonki namozxon namozni to`kis ado qilsa, fohisha va munkar ishlardan qaytadi.)